
Xarri Rednapp: Pochettino ham, Keyn ham "Tottenxem"dan ketmaydi
"Tottenxem" klubi sobiq ustozi Xarri Rednapp bosh murabbiy Maurisio Pochettino va hujumchi Xarri Keyn "shporlar" safida qoladi deb hisoblaydi.
“Pochettino “Tottenxem”da ishlashda davom etadi deb o‘ylayman. Jamoa yangi stadionga va ajoyib tarkibga ega. Shuningdek, Keyn borasida ham tashvishlanishga hojat yo‘q. Ularning ikkalasi ham londonliklar safida yana uzoq yillar qolishlariga shubha qilmayman”, - deydi tajribali mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Keyn joriy mavsum premer-ligada jami 26ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 17ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. “Tottenxem” esa 61 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar