
Xavi “Barsa” kuchsizlanib qolganidan xavotirda
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes qishki transferlar vaqtida jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirish shart ekanini ta’kidladi.
- Memfis Depay ketganidan keyin oldingi chiziqqa biror transferni amalga oshiramizmi yoki yo‘q, buni aniq bilmayman.
Lekin men jamoamda yangi forvard bo‘lishini istayman. Yaqin kelajakda nimalar bo‘lishi mumkinligini kuzatishdan boshqa ilojimiz yo‘q, - dedi Xavi Ernandes.
Niderlandiyalik hujumchi Memfis Depay kuni kecha “Atletiko” safiga ko‘chib o‘tdi va madridliklar bilan 2025 yilning yarmigacha davom etadigan bitim imzoladi.
Fikrlar