
Xavi “Barsa”dan ketadigan o‘yinchilar ro‘yxatini tuzdi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes chempionlik mavsumidan keyin jamoa tarkibini tozolashga qaror qildi.
Sport nashri jurnalistlarining aniqlashicha, ispaniyalik mutaxassis kelasi mavsum imkoniyat berilmaydigan o‘yinchilar ro‘yxatini tuzib bo‘lgan.
Hozircha, Xavi Ernandes ketadigan futbolchilar kimligini aytgani yo‘q. Biroq, tez kunlarda o‘sha o‘yinchilarga boshqa jamoa topishi haqida ko‘rsatma beriladi.
Avvalroq, kataloniyaliklar Ferran Torres, Rafinya Dias va Ansu Fatini sotib yuborishi haqida ma’lumotlar tarqatilgandi. Bu futbolchilar orasida braziliyalik futbolchidan boshqasi Kataloniyadan ketmoqchi emas.
Fikrlar