Xavi “Barselona”da qachongacha ishlashi aytildi

  • 6 noyabr, 2021, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” matbuot xizmati Xavi Ernandes bilan shartnoma muddatini va kutilayotgan tadbirlar haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 41 yoshli mutaxassis Kataloniya klubini 2024 yilning yarmigacha boshqaradi. Agar natijalar qoniqarli bo‘lsa, hamkorlik yana uzaytirilishi mumkin.

Xavi 8 noyabr kuni bosh murabbiy vazifasiga kirishadi. Uni jamoaga va muxlislarga tanishtirish tadbiri dushanba kuni “Kamp Nou” arenasida tashkil etiladi. Tadribdan so‘ng ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida jurnalistlar bilan muloqot qiladi.

Xavi “Al-Sadd” bilan amaldagi shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani uchun qatarliklar 5 million evro miqdorida badal puli talab qilmoqda. Endi ushbu summaning yarmini “Barselona” qolgan qismini Xavining o‘zi to‘laydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!