
Xavi "Barselona"ning 80 yillik antirekordini takrorladi
La Liganing 32-turidan o‘rin olgan "Real" - "Barselona" uchrashuvida madridliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Kristensen hisobni ochgan bo‘lsa, Vinisius penaltidan imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. 69-daqiqada Fermin jamoasini oldinga olib chiqdi. Vaskes esa hisobni tenglashtirdi. So‘nggi daqiqalarda Bellingem g‘alaba golini urdi.
Mazkur bahsda Xavi "Barselona" murabbiylari orasidagi antirekordni takrorladi. Ispaniyalik mutaxasssis Kataloniya grandi tarixida "Real"ga ketma-ket to‘rtta o‘yinda mag‘lub bo‘lgan ikkinchi murabbiy bo‘ldi. Bungacha Patrik O'Konnell ham 4 "el-klasiko"da mag‘lubiyatga uchragan. U 1935 yildan 1940 yilgacha jamoani boshqargan.
Avvalroq Xavi joriy mavsum yakunida "ko‘k-anorranglilar"ni tark etishini ma’lum qilgandi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2025 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikrlar