
Xavi boshchiligidagi "Al-Sadd" Amir kubogida chempionlikka erishdi va yangi dizayndagi sovrinni qo‘lga kiritdi (Foto)
Bugun Qatarda Amir kubogi finali bo‘lib o‘tdi. Unda "Al-Sadd" - "Al-Arabi" bellashuvi kuzatildi.
Ajoyib o‘tgan o‘yinda Xavi ustozlik qilayotgan "Al-Sadd" 2:1 hisobida zafar quchdi va bosh sovringa ega bo‘ldi. Finalni tomosha qilish uchun Qatarga FIFA prezidenti Janni Infantino ham tashrif buyurdi.
Chempion yangi ko‘rinishdagi Amir Kubogiga ega bo‘ldi.
Fikrlar