
Xavi jamoasiga “Siti” yulduzini chaqirdi
“Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Riyad Mahrezning xaridorlari ko‘payib bormoqda. “Barselona” mutaxassislari jazoirlik o‘yinchining transferni so‘rab, “Manchester Siti”ga aloqaga chiqdi.
Xavi 31 yoshli futbolchini Kataloniyani tark etishi kutilayotgan Usmon Dembelega o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Mahrezning “shaharliklar” bilan tuzgan shartnomasi kelasi yili yozda yakunlanadi.
Agar Xosep Gvardiola bu shogirdini jamoada qolishga ko‘ndirmasa, klub rahbariyati uni tekinga qo‘ldan chiqarmaslik uchun mavsum yakunlanishi bilan sotib yuborishi kutilmoqda.
Mahrez uchun mavsum juda muvaffaqiyatli o‘tmoqda. U jami 36 ta uchrashuvda qatnashib, raqib darvozasini 22 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga ettita golli pas uzatdi. Uning transfer summasi 40 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar