Xavi murabbiylik faoliyatini APLda davom ettirishga yaqin

  • 10 may, 20:25
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Nyukasl" klubi bosh murabbiyni almashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda "Football Transfers" xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, klub rahbariyati Liga kubogini qo‘lga kiritgan va Chempionlar ligasining navbatdagi mavsum o‘yinlariga yo‘llanma olishga da’vogarlik qilayotgan jamoa natijalaridan mamnun bo‘lishiga qaramay, Eddi Xauni iste’foga chiqarishga tayyor.

Ta’kidlanishicha, "Nyukasl" vakillari allaqachon "Barselona"ning sobiq futbolchisi va murabbiyi Xavi Ernandes bilan aloqa o‘rnatgan. Xavi o‘tgan yilning may oyidan beri ishsiz bo‘lib turibdi. Yaqinda bergan intervyusida u Angliyada ishlashga qarshi emasligini aytgan, sababi u erda natijalarga kamroq e’tibor beriladi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!