Xavi o‘z shogirdi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi shogirdi Ronald Arauxo haqida gapirib o‘tdi. Unga ko‘ra, mutaxassis futbolchini jamoa uchun muhim figura, deb hisoblaydi.

"Arauxo bilan shartnoma uzaytirishimiz katta ahamiyatga ega. Biz buni iloji boricha tezroq amalga oshirishimiz kerak.

U hozirda biz uchun borini berib o‘ynamoqda. Shuningdek, Ronald maydonda va uning tashqarisida hurmatga sazovor o‘yinchi", - dedi ispaniyalik murabbiy.

Qayd etish lozim, avvalroq urugvaylik himoyachiga MYu, "Chelsi", "Liverpul" va hatto "Real Madrid" kabi jamoalar qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar tarqalgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!