Xavi o‘ziga qaysi futbolchi kerakligini aytdi

  • 06.02.2022 16:33
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi himoya chizig‘ini mustahkamlashni istamoqda. Bu haqda "Diario Sport" nashri ma’lum qildi. 

Kataloniyaliklar rahbariyati Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xolandni sotib olish g‘oyasi bilan band, biroq Xavi natijalar yaxshilanishi uchun yuqori saviyali markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolash niyatida. 

Ispaniyalik mutaxassisga "Sevilya" fulbeki Jyul Kundening o‘yinlari yoqadi. Uning fikricha, unda etakchilik xususiyatlari bor. 

Ayni vaqtda andalusiyaliklar Jyul uchun 80 million evro so‘ramoqda. Unga, shuningdek, "Chelsi" ham qiziqish bildirmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!