Xavi PSJga yoqmagan o‘yinchini oladi

  • 22.10.2023 14:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ yarim himoyachisi Karlos Soler qishki transferlar vaqtida jamoasini o‘zgartirishi kutilyapti.

Ma’lumotlarga qaraganda,  26 yoshli futbolchiga “Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes qiziqish bildirmoqda.

Solerning zi ham muhitni o‘zgartirishga qarshi emas. Tajribali o‘yinchi o‘tgan mavsumda bo‘lgani kabi bu gal ham etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti.

Ispaniya chempionatining bir necha klublari Solerni La Ligaga qaytarishga tayyor. “Barselona”dan tashqari “Atletiko” va “Real Sosedad” kabi jamoalar ham unga shartnoma berishni rejalashtirgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu transfer uchun ispanlar 20 million evro atrofida xarajat qilishi talab etiladi.

Karlos Soler “Valensiya” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va ilgari aynan mana shu jamoada o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!