Xavi sayyoramizning eng kuchli klubi nomini aytdi

  • 1 may, 2023, 17:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes "Manchester Siti"ni dunyoning eng yaxshi jamoasi deb hisoblaydi. "Shaharliklar" endilikda uchta sovrin yutish imkoniyatiga ega. Chunki ular premer-ligada chempionlik poygasida peshqadamlik qilmoqda va tez orada Chempionlar ligasi yarim finali va Angliya kubogi finalida o‘ynaydi.

Tecno

"Agar "Manchester Siti" treblga erishsa, bu adolatdan bo‘ladi. Menimcha, bu jamoa ayni damda sayyoramizning eng yaxshisi”, - dedi Xavi matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Xavi avvalroq Xosep Gvardiola qo‘l ostida futbolchi sifatida o‘ynagan. Ernandes Gvardiola qo‘l ostida "Barselona"da ikki marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!