
Xavi superklubni qabul qilib olishga tayyor
“Barselona” bosh murabbiyligini tark etganidan beri ishsiz yurgan ispaniyalik mutaxassis Xavi Ernandes Angliya Premer-ligasida faoliyat boshlashi kutilmoqda.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, 45 yoshli mutaxassis muammolar girdobidan chiqa olmayotgan “Manchester Yunayted”ni qabul qilib olishga tayyor.
Xavi jamoa bu mavsum Evrokuboklarda ishtirok etmasligiga qaramay, hamkorlik taklifi tushsa, uni qabul qiladi.
Bir yil muqaddam “Manchester Yunayted”ni qabul qilib olgan Ruben Amorim hozirgacha vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartira olgani yo‘q. Avvalgi murabbiylar kabi portugaliyalik mutaxassis ham yulduz darajadagi o‘yinchilarni o‘z yo‘rig‘iga yurgiza olmadi.
Bu borada Xavida katta tajriba bor. Chunki uning o‘zi ham futbolchilik davrida yuqori darajada o‘ynagan. 2021-2024 yillar davomida yulduzlar jamlangan “Barselona”ni yaxshi boshqargan va jamoaga Ispaniya chempionligini “Real”dan olib bergan.
Fikrlar