
Xavi ushbu futbolchi "Barselona"da qolishini xohlaydi
"Barselona" himoyachisi Serxi Roberto bilan shartnomani uzaytirishga tayyor, deya xabar beradi Fabritsio Romano.
Manbaning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar 32 yoshli Serxi Roberto bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga tayyor, chunki bosh murabbiy Xavi Ernandes uni maydon va kiyinish xonasida muhim o‘yinchi deb hisoblaydi. Avvalroq, "Barsa" himoyachining atrofidagilar bilan aloqaga chiqqan va uning klubda qolishi ehtimoli bor.
Joriy mavsumda Serxi Roberto “Barselona” safida 19 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar