
Xavi zo‘r to‘purarni tekinga olmoqchi
Xavi Ernandes “Barselona”ga 34 yoshli hujumchi Dris Mertensni olib keladigan bo‘lyapti.
Todofichajes nashriga ko‘ra, kataloniyaliklar “Napoli” hujumchisini yozda erkin agentga aylanganidan keyin o‘z safiga qo‘shib oladi. Hozirda ular belgiyalik hujumchi bilan kelishib olishga harakat qilmoqla.
“Napoli” rahbariyati yangi bitim borasida Dris Mertensning roziligiga erisha olmadi. Tajribali hujumchi faoliyatining oxirgi bosqichda moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirib olishga e’tibor qaratmoqda.
Mertens joriy mavsum 15 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini olti bor ishg‘ol qildi.
Fikrlar