
Xaviga “Manchester Siti” yulduzi kerak
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi yozda hujum chizig‘ini kuchaytirishga qaror qilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar Rahim Sterlingni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.
Ta’kidlash lozimki, “Barsa” 27 yoshli futbolchiga yanvarda ham qiziqish bildirgan edi. Moliyaviy muammolar tufayli bu transfer amalga oshmadi.
Rahim Sterlingni o‘zi ham avvaliga “shaharliklar” safini tark etishni istagandi. Biroq keyinchalik angliyalik hujumchi jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan munosabatlarni yaxshilab olganidan keyin Manchesterdan ketish fikridan qaytdi.
2021-2022 yilgi mavsumda Sterling jami 35 marotaba maydonga tushdi. O‘z hisobiga 14 ta aniq zarba rasmiylashtirgan o‘yinchi jamoadoshlariga besh marta golli pas uzatgan. E
“Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi yana bir yil davom etadigan Sterling 85 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar