Xavini “Barsa”ga bermaymiz!

  • 4 noyabr, 2021, 19:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiylikka klub afsonasi Xavi Ernandesni olib kelishga qaror qilganidan xabaringiz bor.

Xavi ishlayotgan klub – “Al-Sadd” rahbariyati murabbiyning ketishiga ruxsat bermayapti. Bu haqda bosh direktor Turki Al-Ali klubning pozitsiyasini ma’lum qildi.

- Bu masala  yuzasidan klubning pozitsiyasi avvaldan ma’lum edi. Biz bosh murabbiy Xavini saqlab qolishni istaymiz. Mavsumning muhim pallasida ketib qolishiga yo‘l qo‘ymaymiz, - dedi Turki Al-Ali.

Xavining qatarliklar shartnomasi 2023 yilgacha davom etadi. Avvalroq, Xavi klub xo‘jayinlari bilan “Barselona”dan taklif bo‘lsa, uni qo‘yib yuborish haqida kelishuvi borligi ma’lum qilingandi.

Keyinroq, arablar Xavini qo‘yib yuborish uchun kataloniyaliklardan 1 million evro kompensatsiya talab qildi. “Barselona” bu pulni berishga ko‘nganidan keyin, “Al-Sadd” ispaniyalik mutaxassisni umuman qo‘yib yubormoqchi emasligini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!