Asosiy mazmunga oʻtish

Xavotir olma, “Barsa” 100 million yevro tiksa, seni aniq sotamiz!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 1

Ular katta taklif kutyapti

O‘tgan hafta oxirida “Atletiko”ning argentinalik hujumchisi Xulian Alvares klub rahbariyatiga jamoani tark etish variantini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.

Bu haqida Sport.es jurnalisti Ugo Skochchia X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, argentinalik hujumchi bir necha oy avval klub bilan erishilgan kelishuvga amal qilishni so‘ragan.

O‘sha kelishuvga muvofiq, agar “Barselona” Alvares uchun 90–100 million yevro taklif qilsa, «Atletiko» uni kataloniyaliklarga sotishga va’da bergan.

Xulian Alvares yana omma oldida ham “Atletiko”ni tark etish istagini bildirdi. U 2024 yilning yozidan beri madridliklar safida o‘ynab kelmoqda.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q