Xavotir olmang, “Chelsi” baribir bu yulduzni qo‘yib yubormaydi!
Italiyalik taniqli jurnalist Fabritsio Romano “Chelsi” rahbariyati jamoa etakchilaridan Ngolo Kantega yangi bitim taklif qilinmayotganiga qaramay, klub uni qo‘yib yubormasligini ta’kidlamoqda.
Frantsiyalik yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida nihoyasiga etadi. Avvalroq, “aristokratlar” uni sotib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Unga bir necha klublar qatori PSJ ham jiddiy qiziqish bildiryapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Chelsi” 2023 yilda 32 yoshni qarshilaydigan futbolchini osonlikcha qo‘yib yubormoqchi emas. Kantening yoshi o‘tib qolayotganiga qaramay, jismoniy holati har qanday klub talabiga javob beradi.

Fikrlar