
Xayr, Xoland!
“Borussiya” rahbariyati Erling Xoland bilan xayrlashishga tayyor va uning o‘rnini bosa oladigan hujumchi qidira boshladi, deb yozmoqda Bild nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, norvegiyalik hujumchi o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan hujumchilar ro‘yxatiga to‘rt nafar forvard kiritildi.
Unga ko‘ra, dortmundliklar Sebastyan Aller (“Ayaks”), Patrik Shik (“Bayer”), Sasha Kalayjich (“Shtutgart”) va Adam Glojek (“Sparta”) kabi futbolchilardan birini olishga harakat qiladi.
Ular orasida Aller ideal variant. Ivuarlik hujumchi “Ayaks” safida 35 ta uchrashuvda 33 ta gol urdi va 9 ta golli pas berdi. Bundesligada porlayotgan Patrik Shik esa 24 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 20 marta ishg‘ol qilgan.
Kalayjik 9 ta bahsda uchta gol va ikkita pas, Glojek esa 38 ta bellashuvda 9 ta gol va 13 ta assist qayd etgan.
Erling Xolandning o‘zi barcha turnirlarda 23 marta maydonga tushib, 23 ta gol va 6 ta golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar