
Xayrulla Hamidov: MYu yutdi aslida "Jenoa"ni
"Inter" Italiya chempionati doirasida "Jenoa" bilan kuch sinashdi va 3:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.
Milanliklar safida gollarga Romelu Lukaku, Matteo Darmian va Aleksis Sanches mualliflik qilishdi. Taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov telegramdagi sahifasida qiziq bir holatga e’tibor qaratdi va fikrini qisqa tarzda ifodaladi.
Ya’ni gol urgan futbolchilar "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchilari sanaladi. Shu bois sharhlovchi Eldor Shomurodov jamoasini asli MYu yutdi deya izoh qoldirdi.
Fikrlar