
Xenderson: "Kubokni qo‘lga kiritishni istaymiz"
"Liverpul" sardori Jordan Xenderson "Chelsi"ga qarshi liga kubok finali oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. U bugungi o‘yin oson kechmasligini alohida ta’kidladi.
"Biz kubokni qo‘lga kiritishni istaymiz. Buning uchun hamma narsaga tayyormiz. Umid qilamanki, bugungi kun biz uchun omadli bo‘ladi.
O‘tgan yillar davomida "Liverpul" har tomonlama rivojlanib bordi. Albatta, bu o‘z samarasini bermay qolmadi. Biz oxirgi yillarda yaxshi natijalarga erishdik.
Biz o‘sishdan to‘xtab qolmoqchi emasmiz. Katta sovrinlarga ega chiqishda davom etamiz.
"Chelsi"ni finalda mag‘lub etish oson emas. Biroq g‘oliblik uchun borimizni beramiz", - dedi angliyalik futbolchi.
Fikrlar