"Xetafe" chempionat to‘xtatilganidan foydalanmoqchi
"Xetafe" klubi rahbariyati uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadonining chimlarini koronavirus ortidan Ispaniya chempionati noma’lum muddatga to‘xtatilganidan foydalangan holda almashtirib olishga qaror qilgan.
Ispan matbuotiga ko‘ra, ushbu amaliyot uchun olti xafta talab qilinadi. Odatda ispan klublari chimni iyun yoki iyul oyining boshlarida almashtirishar edi, biroq La Liga yozda davom ettirilishi mumkinligi sabab shunday qarorga kelingan.
Bundan tashqari klub mashg‘ulotlarga may oyi o‘rtalarida qaytishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar