Xitoy. Ahmedovsiz "Shanxay SIPG" mag‘lub bo‘ldi

  • 5 sentabr, 2020, 17:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Xitoy Superligasida 9-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov o‘ynaydigan "Shanxay SIPG" jamoasi "Xebey Ilinshanchjuan" klubiga qarshi bahs olib bordi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ahmedov uchrashuv qaydnomasidan o‘rin olmadi. Shanxayliklar hisobidagi ochkolar soni 20 taligicha qoldi va jamoa "B" guruhi jadvalida peshqadamlikni saqlab turibdi.

Xitoy Superligasi. 9-tur

"Xebey Ilinshanchjuan" - "Shanxay SIPG" 2:0

Gollar: Van Tszyan (45), Markao (95).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!