
Xitoyliklar Italiyaning yana bir klubini sotib olishdi
Xitoyning Desports Group kompaniyasi Italiyaning “Parma” klubi xo‘jayiniga aylandi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda jamoa xo‘jayinlarining klub boshqaruv aktsiyalarini xitoyliklarga sotish rejasi jamoaning B Seriyaga chiqqani va joriy mavsumni barqaror o‘tkazayotganidan so‘ng amalga oshgan.
Qayd etish lozimki, “Parma”ning 60% aktsiyalarini sotib olgan Tszyan Lichjan jamoa prezidentiga aylandi. Jamoaning qolgan 30% aktsiyalari esa hozircha mahalliy biznesmenlar tasarrufida bo‘lib turibdi. Yana 10% esa klub muxlislariga tegishli.
Ma’lumot uchun, “Parma” ayni damda Italiya B Seriyasining o‘tgan 14ta turidan so‘ng 23 ochko to‘plagan holda 5-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar