
Xokkey. "Humo-2" "Altay-Torpedo"ga qarshi o‘ynadi
Toshkentning "Humo-2" klubi o‘z maydonida Ust-Kamenogorskning "Altay-Torpedo" jamoasini qabul qildi va 4:3 hisobida g‘alabaga erishdi. Maksim Bostanjiev, Egor Studentov, Viktor Ekk hamda Pavel Sedovlar tomonidan kiritilgan shaybaga mehmonlar safida Aleksandr Arxipov, Pavel Skumatov hamda Zaxar Parxomenkolar javob qaytardi.
Shu tariqa, toshkentliklar hisobidagi ochkolar soni 30 taga etdi va jamoa turnir jadvalidagi 11 klub orasida 10-o‘rinni egallab turibdi. Ertaga esa mazkur jamoalar ishtirokidagi ikkinchi o‘yin bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs soat 19:00 da boshlanadi.
Qozog‘iston ochiq chempionati
"Humo-2" (Toshkent, O‘zbekiston) - "Altay-Torpedo" (Ust-Kamenogorsk, Qozog‘iston) 4:3
Fikrlar