Xokkey. "Humo" yana "Beybaris"ni engdi va finalga yaqinlashdi

  • 17.03.2023 22:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Xokkey

Bugun Toshkentning “Humo” xokkey klubi Qozog‘iston Pro-ligasi yarim final bosqichi doirasida “Beybaris”ga qarshi 4-o‘yinini o‘tkazdi.

Qiziqarli va kurashlarga boy kechgan ushbu o‘yin “qanotlilar”ning 2:3 hisobida g‘alabasi bilan yakunlandi. Aytish kerakki, Toshkent klubi kechagi o‘yinda ham "Beybaris"ni xuddi shu hisobda mag‘lubiyatga uchratgan edi.

32

Shu tariqa "Humo" va "Beybaris" o‘rtasidagi yarim final bosqichidagi hisob hozircha 3:1 hisobida "qanotlilar"ning foydasiga hal bo‘lmoqda.

Endi “Humo” 21 mart kuni Toshkentda “Beybaris”ga qarshi navbatdagi yarim final bahsini o‘tkazadi. Ta’kidlash lozimki, navbatdagi g‘alaba "qanotlilar"ni finalga olib chiqadi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!