
Xoland, Mbappe va Benzema. Evropaning 2022 yildagi ramziy terma jamoasi tuzildi
IFFHS 2022 yilda Evropaning eng yaxshi futbolchilari ramziy terma jamoasini taqdim etdi.
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Frantsiya terma jamoasining 4 nafar futbolchisi ro‘yxatdan o‘rin egallagan.
UEFA mamlakatlarining 2022 yildagi eng yaxshi futbolchilari tarkibi:
Darvozabon: Tibo Kurtua ("Real", Belgiya);
Himoyachilar: Teo Ernandes ("Milan", Frantsiya), Virjil van Deyk ("Liverpul", Niderlandiya), Yoshko Gvardiol ("Leyptsig", Xorvatiya), Denzel Dyumfris ("Inter", Niderlandiya);
Yarim himoyachilar: Antuan Grizmann ("Atletiko", Frantsiya), Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti", Belgiya), Luka Modrich ("Real", Xorvatiya);
Hujumchilar: Kilian Mbappe (PSJ, Frantsiya), Karim Benzema ("Real", Frantsiya), Erling Xoland ("Manchester Siti", Norvegiya).
Fikrlar