Xoland bir jamoaga va’da berib qo‘ydi
“Borussiya” yulduzi Erling Xoland faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Chelsi” norvegiyalik hujumchining transferini amalga oshirishga yaqin turibdi. Manbalar Xoland og‘zaki tarzda Roman Abramovich jamoasiga o‘tishga va’da berganini ta’kidlamoqda.
Erling Bundesligidagi ikki muvaffaqiyatli mavsumdan so‘ng o‘z imkoniyatlarini boshqa ligada sinab ko‘rmoqchi.
Xorlandga “Chelsi”dan tashqari “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Real” ham xaridor bo‘lyapti.

Fikrlar