
Xoland: Bu jamoaga o‘tmasam, “Oltin to‘p”ni berishmaydi
“Oltin to‘p” futbolchilar uchun eng nufuzli individual sovrin hisoblanadi. O‘tgan mavsumni yuqori darajada o‘tkazib, trebl qayd etganiga qaramay, Erling Xoland bu sovrinni qo‘lga kirita olmadi.
“Manchester Siti” hujumchisi nufuzli sovringa ega bo‘lish uchun “Real”ga o‘tish lozim, degan fikrga kelgani aytilmoqda.
Diario AS nashrining yoshicha, Erling Xoland kelajakda “Oltin to‘p”ga ega chiqish maqsadida “Santyago Bernabeu” ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda.
Madrid superklubida ham norvegiyalik to‘purarni olish rejasi bor. Xolandning agentlari “Siti” bilan tuzilgan shartnomaga badal puli to‘g‘risidagi bandni ham kiritgan. Agar “Real” tez orada Kilian Mbappeni qo‘lga kirtita olmasa, bor e’tiborini Xolandni olishga qaratishi ham kutilayotgan transferlardan hisoblanadi.
Fikrlar