Xoland: Bu ligada o‘ynagani hali yoshlik qilaman

  • 01.09.2023 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” to‘purari Erling Xolanddan Lionel Messining ortidan MLSga ko‘chib o‘tish ehtimoli haqida so‘rashdi.

- Men AQShga juda kam boraman, shu bois bu savolga javob berishga qiynalaman. Men endi 23 ga kirdim. AQSh chempionatiga asosan yoshi katta futbolchilar ko‘chib o‘tyapti.

Men hali bunaqa narsalar haqida bosh qotirganim yo‘q. Chunki hali yoshman. Bor fikru xayolim “Manchester Siti”dagi o‘yinlarimga qaratilgan. Aslida bu jamoaga kelganimga ham hali ko‘p bo‘lgani yo‘q, - dedi Erling Xoland.

Norvegiyalik futbolchi “Manchester Siti”dagi debyut mavsumida Angliya chempionati, mamlakat kubogi va Evropa Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritib, trebl qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!