Xoland: Bu soch bilan yashirina olmayman

  • 5 iyun, 2023, 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya chempionati to‘purari Erling Xoland mashhurligi borasida o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Mashhur bo‘la boshlaganim, ishimni to‘g‘ri qilayotganimdan dalolat beradi. Tabiiyki, hayotim o‘zgarib ketdi. Endi men ba’zi bir ishlarni shunchaki bajara olmayman. Lekin bundan nolimayman.

Har bir lahzadan bahra olishga urinyapman.

Bo‘yim 196 santimetr va sochimning rangi o‘zgacha. Shu bois odamlar meni darrov tanib oladi. Hayotim shunday ekan, men nima ham qila olardim?

Men o‘zimni xotirjam his qilib, hayotning lazzatli onlaridan zavq olishim kerak, - dedi Erling Xoland.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!