Xoland Bundesligada tarixiy rekordni o‘rnatdi

  • 10 yanvar, 2021, 12:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya" Dortmund hujumchisi Erling Xoland Bundesligadagi dastlabki 25 ta o‘yinida 25 ta gol urib, musobaqa rekordini o‘rnatdi.

Norvegiyalik futbolchi bu borada "Gamburg"ning sobiq hujumchisi Uve Zeeler (25 ta o‘yinda 23 ta gol) tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi.

20 yoshli Xoland joriy mavsum “Borussiya” safida jami 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 19 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!