
Xoland faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi ma’lum bo‘ldi
Erling Xoland 2022 yilda “Borussiya” Dortmundni tark etsa, “Real Madrid”ga borib qo‘shiladi.
Bir qancha jamoalardan qiziqish bo‘lishiga qaramay, norvegiyalik hujumchi hali o‘z kelajagi borasida yakuniy qarorga kelgani yo‘q. "Goal.com" nashrining xabar berishicha, Xoland "Borussiya"ni tark etsa, "qaymoqranglilar" safiga borib qo‘shiladi.
Dortmund klubi futbolchi bilan 2024 yilgacha shartnoma tuzishni istaydi. Ingliz jamoalari ham unga qiziqish bildirmoqda. Lekin futbolchining o‘zi yakuniy qarorini Yangi yildan keyin e’lon qilishini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Xolandning transfer narxi 75 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar