Xoland futboldan tashqarida g‘aroyib rekord o‘rnatdi
Norvegiya milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” oʻyinchisi Erling Xoland bir kitobni taxminan 116 ming yevro sarflab sotib oldi.
Gap 1594 yilda nashr etilgan vikinglar haqidagi kitob haqida ketmoqda, deb xabar beradi vg.no portali.
Ushbu xarid Norvegiya kitoblar savdosida narxi boʻyicha rekord hisoblanadi.
Kitob auktsionda sotib olingan va noyob hisoblanadi: bu avval xususiy qoʻllarda boʻlgan yagona toʻliq nusxadidir.
Qayd etilishicha, Xoland bu kitobni oʻzida saqlab qolmoqchi emas. U kitobni oʻzi oʻsib-ulgʻaygan Time kommunasiga sovgʻa qiladi.
Futbolchining oʻzi taʼkidlashicha, u kitob oʻqishni unchalik yaxshi koʻrmaydi, ammo kitob barcha istaganlar uchun ochiq boʻlishini xohlaydi.
Bundan tashqari, u ushbu sovgʻa munosabati bilan bolalar va yoshlar uchun tanlov tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar