
Xoland gol urolmagan ikki jamoa bor xolos
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland Angliya Premer-ligasidagi debyut mavsumida 36 ta gol urib, chempionatlar tarixida bir mavsumda eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida mutlaq rekord o‘rnatdi.
“Shaharliklar” chempionatning 37-turida “Chelsi”ni kichik hisobda engib, chempionlikni mustahkamladi.
Biroq, bu uchrashuvda Erling Xoland gol ura olmadi. Norvegiyalik 22 yoshli futbolchi Angliya chempionatiga ko‘chib o‘tganidan keyin faqat ikkita jamoa darvozasiga yo‘l topa olmagan. Xususan, “aristokratlar” bilan bo‘lgan har ikki bahsda bittadan gol urilgan. “Chelsi” maydonidagi bellashuvda Riyad Mahrez, Manchesterdagi to‘qnashuvda Xulian Alvares to‘p kiritgan.
Shuningdek, Erling Xoland bu mavsum “Liverpul” darvozasini ham ishg‘ol qila olmadi. Birinchi davrada Yurgen Klopp shogirdlari 1:0 hisobida zafar quchdi.
Xosep Gvardiola shogirdlari 4:1 hisobida zafar quchgan ikkinchi bahsda Erling Xoland kasalligi bois o‘yinga tushmagan.
Fikrlar