Xoland Gvardiolaning jahlini chiqarishni yaxshi ko‘rar ekan

  • 1 sentabr, 2023, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland UEFA versiya bo‘yicha mavsumning eng yaxshi o‘yinchisiga atalgan sovrinni qo‘lga kiritganidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Yana nimalar deyishim mumkin. 22 yoshimda treblga erishdim, orzular og‘ushida yashayapman. Bu yutuqlar menga qo‘shimcha ishtiyoq beradi.

Men bor kuchim bilan ishlab, yangi mavsumni ham zo‘r o‘tkazishga tayyorman. Jamoamiz yangi chaqiruvlarga yaxshi tayyorlangan.

Ba’zan Xosep Gvardiola otamga o‘xshab, haddan ziyod hissiyotlarga berilib ketadi. Menga uning baqirib, nimalarnidir o‘rgatishi yoqadi.

Gvardiola meni yanada kuchli futbolchi qilishni istayotganini to‘g‘ri tushunaman, - dedi Erling Xoland.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!