Xoland qaysi jamoa to‘p surishga qaror qilganini aytdi
Evropaning grand klublaridan tinimsiz taklif olayotgan Erling Xoland kelajagiga oid qarorini e’lon qildi.
- Men bosh murabbiy Marko Roze bilan gaplashdim. Uni murabbiy sifatida avvaldan taniyman. “Zaltsburg”da yarim yil biz bilan ishlagan. Men bu murabbiyga va jamoaga foydali bo‘la olaman. Roze ajoyib mutaxassis va men u bilan ishlashni sabrsizlik bilan kutyapman, - dedi Erling Xoland.
Ko‘pchilik mutaxassislarni norvegiyalik hujumchining statistikasi hayratga solmoqda. U “Zaltsburg”da 27 ta uchrashuvda 29 ta gol va ettita assist, “Borussiya”da 59 ta o‘yinda 57 ta gol va 15 ta golli pas muallifi bo‘ldi. Uning transferi 130 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar