Xoland qochib-qutilolmaydi. Abramovich uning transferiga 155 million funt ajratdi
“Chelsi” rahbariyati Evropa Chempionlar ligasidagi g‘alabadan so‘ng, kelajakka katta rejalar qilmoqda.
Klub xo‘jayini Roman Abramovich bosh murabbiy Tomas Tuxelning ishidan qoniqish hosil qildi va yozgi transferlar vaqtida asosiy nishon sifatida belgilangan Erling Xolandni Londonga ko‘chirib kelmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, rossiyalik milliarder norvegiyalik hujumchi uchun qariyb 155 million funt sarflashga rozi bo‘lgan va bu transfer moliyalashtirishini bildirgan.
Avvalroq. Xoland “Chelsi”ni etarli darajada kuchli jamoa emasligini aytib, ularning taklifini qabul qilmagan edi. Biroq, Chempionlar ligasidagi g‘alabadan so‘ng, 20 yoshli to‘purarning fikri o‘zgardi.
Garchi, “Borussiya” Xolandni kelasi mavsum uchun tarkibda saqlab qolishini bildirgan bo‘lsa-da, “Chelsi” taklif qilayotgan summa vaziyatni keskin o‘zgartirib yuboradi.



Fikrlar