Xoland "Real" chorlovidan keyin "Siti"dan ketishga qaror qildi

  • 21.07.2026 19:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Nrrvegiya milliy terma jamoasi va «Manchester Siti» klubi hujumchisi Erling Xoland 2027 yil yozida klubni tark etish niyatida ekani xabar qilinmoqda. 

Bu haqida El Nacional nashri ma'lumot berdi.

Manbaning ta'kidlashicha, futbolchi o‘z agentlaridan yangi jamoaga o‘tish bo‘yicha ish boshlashni so‘ragan. Ehtimoliy manzil sifatida Madriddning «Real» klubi tilga olinmoqda. 

Transfermarkt portali Xolandning bozor qiymatini 200 million yevro atrofida baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Erling Xoland «Manchester Siti» safida jami 198 o‘yin o‘tkazgan. U shu vaqt ichida 162 ta gol urgan va jamoadoshlariga 30 marta golli pas yo‘llagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!