Xoland superklubni mensimadi

  • 03.03.2021 20:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovich “Borussiya” hujumchisi Erling Xoland transferi uchun mablag‘ ayamasligini ma’lum qilgan edi. Jamoani boshqarayotgan Tomas Tuxel ham Bundesliga yulduzini Angliyaga ko‘chirib olib kelishni istamoqda.

Biroq, Xoland keyingi jamoasi eng kuchli klub bo‘lishini aytib, “Chelsi”ni o‘ziga loyiq ko‘rmadi.  

Xoland joriy mavsumda 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 27 ta gol urdi va sakkizta golli pas uzatdi. Sermahsul o‘yin ko‘rsatayotgan 20 yoshli futbolchining transfer summasi 110 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!