
Xoland: Tarixiy rekordga bir qadam qoldi
“Manchester Siti”da to‘purarlik borasida qator rekordlarni o‘rnatib kelayotgan Erling Xoland o‘z nomini xalqaro miqyosda ham tarixga muhrlamoqchi.
24 yoshli futbolchi tez orada Norvegiya terma jamoasi tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylanadi. Xoland Millatlar ligasi doirasida Avstriyaga qarshi bahsda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Bu Xoland uchun terma jamoadagi 35-bahsda kiritilgan 32-gol bo‘ldi. Norvegiya futboli tarixida xalqaro miqyosda eng ko‘p gol urgan o‘yinchi Yergen Yuve hisoblanadi. 1928-1937 yillarda Norvegiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan futbolchi 45 ta o‘yinda 33 ta to‘p kiritgan va bu ko‘rsatkich haligacha rekord bo‘lib turibdi.
Norvegiya, Avstriya, Germaniya va Angliya chempionatlarda o‘ynagan Erling Xoland klublar miqyosida 285 ta uchrashuvda maydonga tushib, 232 ta gol va 50 ta assist muallifi bo‘lgan.
Fikrlar