Xoland tarixiy rekordni takrorladi
"Borussiya" Dortmund hujumchisi Erling Xoland Bundesligada Uve Zeeler o‘rnatgan tarixiy rekordni takrorladi.
OptaFranz nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, norvegiyalik futbolchi kecha “Borussiya” Myunxengladbaxga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi va shu tariqa, o‘zining Bundesligadagi dastlabki 28 ta o‘yinda kiritgan gollari sonini 27 taga etkazib oldi. 1953-1973 yillarda "Gamburg" safida to‘p surgan Zeeler ham o‘zining dastlabki 28 ta o‘yinida raqib darvozasiga 27 ta gol urgan.
Xoland barcha musobaqalarni inobatga olganda hozirgacha “Borussiya” safida 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va 35 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar