Xoland uchun kurashda "Real"dan zo‘ri chiqib qoldi
Erling qaerda to'p tepadi?
Erling Holand transferi bo‘yicha harakat boshlandi
«Barselona» «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holandni qo‘lga kiritish bo‘yicha faol ish boshlagani xabar qilinmoqda. Bu haqida El Nacional nashri yozdi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchi uchun kurashda «Real»dan oldinga chiqib olgan. «Barselona» allaqachon Holand va uning atrofidagilar bilan muloqotni boshlagan, «Real» esa hozircha norvegiyalik forvard bilan bevosita gaplashmagan.
Avvalroq Erling Holandning «Manchester Siti»ni tark etishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.
Norvegiyalik futbolchi klubga moliyaviy qoidalarni buzgani uchun ehtimoliy jazolar qo‘llanilishiga xavotir bilan qarayotgani aytilmoqda. Shu bilan birga, u agar jamoasini almashtirsa, birinchi navbatda «Barselona»ga o‘tishni istashi ta’kidlanadi.

Izohlar (0)