Xolandga dahshatli narx qo‘yildi

  • 26.03.2021 17:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Borussiya” klubi rahbariyati Evropa grandlari katta qiziqish bildirayotgan Erling Xolandga narx belgiladi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli aksariyat klublar moliyaviy inqirozni boshdan o‘tkazayotganiga qaramay, dortmundliklar 20 yoshli hujumchi uchun dahshatli summa – 180 million evro narx qo‘ydi.

Ta’kilash joizki, Xolandning shartnomasida bu futbolchini 75 million evroga sotib olish mumkinligi haqida band bor. Bu band kelasi yili yozda kuchga kiradi. Shuning uchun norvegiyalik to‘purarning hozirgi klubi uni shu yozda sotib yuborib, mo‘may daromad olishga harakat qiladi.

Ayni paytda Xolandga “Barselona”, “Real”, “Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Bavariya”, “Liverpul” kabi katta klublar jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Xoland joriy mavsumda klub uchun 31 ta uchrashuvda 33 ta gol urdi va sakkizta golli pas uzatdi. Uning o‘zi ham xalqaro maydonda yuqori maqsadlar uchun kurashishga qodir qudratli jamoalardan biriga o‘tishni istayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!