Xolandga “ov” boshlandi. APLdan ikkita aniq taklif bor
“Borussiya” hujumchisi Erling Xolandni yozgi transferlar vaqtida olish imkoni paydo bo‘lishi haqidagi ma’lumot ko‘p grandlarning e’tiborini tortdi.
“Real” va “Barselona” xaridor bo‘layotgan norvegiyalik hujumchi uchun kurashga Manchesterning ikki klubi ham qo‘shildi.
Xolandning shartnomasida 2021 yilning iyunidan uni 75 million evro evaziga sotib olish mumkinligini haqidagi band kuchga kiradi. “Borussiya” futbolchini yil boshida 20 million evroga olgan edi. Shu paytgacha hujumchi dortmundliklar safida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 33 ta gol urdi.

Fikrlar