Xolandga shifokor jo‘natildi

  • 22 sentabr, 2022, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Siti” rahbariyati Norvegiya terma jamoasiga chaqirtirilgan Erling Xolandning salomatligini nazorat qilish uchun klubning tibbiyot xodimini futbolchining yoniga jo‘natdi.

22 yoshli hujum Angliyadagi faoliyatini yuqori darajada boshladi. “Shaharliklar” safida mavsumdagi to‘qqizta uchrashuvni ham asosiy tarkibda boshlab, raqiblar darvozasiga 14 ta to‘p kiritdi.

Xoland kuchli beshlik chempionatlarida yangi mavsumda  o‘ntadan ko‘p gol urgan yagona hujumchi hisoblanadi.

Odatda, ko‘p futbolchilar terma jamoaga borganidan keyin turli darajadagi jarohatlar bilan qaytadi. Ana shunday holatning oldini olish uchun “shaharliklar” Xolandning yoniga malakali mutaxassis Mario Pafundini yubordi.

Pafundi Xoland “Siti”ga kelganidan beri uning jismoniy holatini har kuni nazorat qilib kelayotgan edi va oldindagi ikki hafta davomida bu ishini Norvegiya terma jamoasida ham davom ettiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!