Xolandni "iblis"ga aylantirishmoqchi

  • 1 aprel, 2020, 20:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi "Borussiya" Dortmundning norvegiyalik forvardi Erling Xolandga qiziqish bildira boshladi.

ESPN nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “qizil iblislar” 19 yoshli futbolchini yozgi transferlar davrida o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi. Aytish kerakki, mankunianliklar Xolandga yanvardayoq qiziqish bildirishgan. Biroq, o‘shanda uni sotib olish bo‘yicha bir qarorga kela olishmagan.

Ta’kidlash lozimki, Xoland uchun “Real” Madrid ham kurash olib bormoqda.

Qishki transferlar davrida "Red Bull Zaltsburg"dan ko‘chib o‘tgan Erling Xoland hozircha bu mavsum 33 ta gol urishga erishdi. Uning dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!