Xolandning gapi Mbappega juda yoqsa kerak

  • 25.02.2023 20:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kilian Mbappe va Erling Xoland yangi avlod hujumchilari sifatida eng qimmatbaho o‘yinchilarga aylangan. Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu davri tugab, bu ikki to‘purar erasi boshlandi.

“Manchester Siti” safida to‘purarlik qilayotgan Erling Xoland PSJdagi hamkasbi haqida fikr bildirdi.

- Kilian Mbappe zo‘r. U mendan ikki yoshga katta, lekin futbol olamida aqlbovar qilmas narsalarni amalga oshira oldi, - dedi Erling Xoland taniqli jurnalist Adrien Grenega bergan intervyusida.

Erling Xolanddan farqli ravishda Kilian Mbappe jahon chempioni va mundialning kumush medali sohibi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!