Xolandning gollari "Borussiya D"ga g‘alaba taqdim etdi, "Leyptsig" ochko yo‘qotdi

  • 16.10.2021 22:16
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundesliga 8-turidan o‘rin olgan "Borussiya Dortmund" - "Maynts" va "Frayburg" - "Leyptsig" uchrashuvlari yakuniga etdi. 

Dortmundliklar bu turda o‘z maydonida "Maynts"ni 3:1 hisobida taslim etdi. 3-daqiqadayoq Roys o‘yinda hisobni ochgan bo‘lsa, 54-daqiqada Xoland penaltidan unumli foydalanib, oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Asosiy vaqt tugashi arafasida Burkardtning goli evaziga mehmonlar hisobni biroz qisqardi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda norvegiyalik goleador jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi. 



"Frayburg" maydoniga safar qilgan "Leyptsig" bu turda 1:1 hisobida durang natija qayd etdi. 32-daqiqada Emil Forsberg hisobni ochgan bo‘lsa, 63-daqiqada Chon U Yon muvozanatni tikladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!